Vazifalar va funksiyalar
Vazifalar va funksiyalar
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarining vazifalari va funksiyalari
Quyidagilar Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlashda ishtirok etish;
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalasida xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlik qilish;
suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni, ilg‘or mahalliy va xorijiy tajribalarni joriy qilinishini ta’minlash;
suv resurslarini boshqarishning tamoyillari va tizimini takomillashtirish, suvdan tejamli va oqilona foydalanishni ta’minlash, irrigatsiyani rivojlantirish va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash choralarini ko‘rish;
kadrlar bilan ishlashni takomillashtirish, ularning malakasini oshirish ishlarining samarali tashkil etilishini ta’minlash;
suv resurslari va suv xo‘jaligi ob’ektlarini raqamli texnologiyalar asosida boshqarishni tashkil etish.
2.Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari o‘ziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
suv xo‘jaligi sohasini rivojlantirish bo‘yicha tarmoq va mintaqaviy dasturlar samarali amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Vazirlik buyruqlari, Vazirlik hay’ati qarorlari, Agentlik buyruq va topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi;
yer usti suv resurslarini havza tamoyili asosida boshqaradi;
irrigatsiyani rivojlantirish va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha tarmoq va hududiy dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
irrigatsiya va melioratsiya tizimlari, nasos stansiyalari, suv omborlari va boshqa davlat suv xo‘jaligi ob’ektlaridan samarali hamda ishonchli foydalanishni tashkil qiladi;
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati, sug‘orish va kollektor-drenaj suvlarining sifatini monitoring qiladi;
suvdan foydalanish va suv iste’moli bo‘yicha shartnomalarni tuzish, ularning sug‘orish tarmoqlarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash ishlariga ko‘maklashadi va ularni monitoring qiladi;
suv xo‘jaligi ob’ektlarida suvning hisobi va hisobotini yuritishga raqamli texnologiyalarni joriy qilishni belgilangan tartibda tashkil qiladi;
nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari, meliorativ ekspeditsiyalar, magistral kanallar boshqarmalari, irrigatsiya tizimi boshqarmalari va «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasalari faoliyatini nazorat qiladi.
3.Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.