
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-apreldagi PQ-122-son qarori ijrosi doirasida Nurota tumanida suv resurslarini köpaytiriş va suv ta’minoti barqarorligini ta’minlaşga qaratilgan işlar amalga oşirilmoqda.
Jumladan, "Jarma" mahallasi hududidan oqib ötuvçi «Qulamajarsoy» özanida suv tindirgiç-infiltrasiya inşooti va yer osti suvlarini töyintiriş loyihasiga start berildi.
Tadbirda Suv xöjaligi vaziri örinbosari Rustam Qarşiyev, viloyat hokimining-qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari Sanatillа Hikmatov hamda Nurota tumani hokimi Azamat Fayziyev iştirok etdi.
Qiymati 3 milliard 300 million söm bölgan loyiha hududda suv ta’minoti bilan boğliq muammolarni bosqiçma-bosqiç hal etiş, aholi va fermer xöjaliklariga qaraşli yer maydonlarini barqaror suğoriş hamda yer osti suvlari sathini tiklaşga qaratilgan.
Loyiha doirasida soy suvlari töplanib, tindiriladi va maxsus filtrasiya zonasi orqali yer osti suv qatlamlariga yönaltiriladi. Natijada yer osti suv zaxiralarini töldiriş, qişloq xöjaligi yerlarini suv bilan ta’minlaş va suv resurslaridan samarali foydalaniş imkoniyatlari kengayadi.
