
46 / 1000 "Konimex-1" nasos stansiyasi faoliyati o‘rganildi
O‘zbekiston Respublikasi Administratsiyasi vakili hamda Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari R.Qarshiyev Navbahor tumanida joylashgan "Konimex-1" nasos stansiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida nasos stansiyasining texnik holati, nasos agregatlarining ishlash samaradorligi, sug‘orish mavsumida suv yetkazib berish jarayoni, elektr energiyasidan tejamkor foydalanish hamda obyektda olib borilayotgan ekspluatatsiya ishlari atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mutasaddilar tomonidan stansiya orqali qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini barqaror suv bilan ta’minlash, mavjud quvvatlardan unumli foydalanish va nasos uskunalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

O‘rganish jarayonida suv xo‘jaligi obyektlarida ish samaradorligini yanada oshirish, texnik xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, nasos agregatlarining ishonchli faoliyatini ta’minlash hamda vegetatsiya mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Ta’kidlanganidek, har bir naso